Turkiyaning Otatu’rk universiteti professori QDU da

By | 02.03.2019

Bugun Tu’rkiyaning Otatu’rk universitetining professori Fahri Yovuz Qoraqalpoq davlat universiteti rektorining qobulida bo’ldi.

Universitet rektori A.Reymov mehmonni iliq yuz bilan kutib oldi va unga universitet haqida ma’lumotlar berib o’tdi. F.Yovuz ham o’z navbatida Otatu’rk universiteti haqida ma’lumotlar berdi.

Keyin, iqtisodiyot  fanlari doktori, professor F.Yovuz Otatu’rk universiteti tomonidan olib kelgan hamkorlik shartnomasin va estalik sovg’asin universitet rektori A.Reymovga taklif qildi va hamkorlik shartnomalariga imzo qo’yishdi.

  • Universitetimizning chet ellarining yetakchi oliy o’quv yurtlari bilan kadrlar tayorlash, ilmiy tadqiqot ishlarin birgalikda olib borish va professor-o’qituvchilar va talabalarning bilim va ko’nikmalarini yuksaltirish yo’lida olib borilayotgan bunday hamkorliklar, albatta, o’zining samarasini ko’rsatadi, -deydi universitetning ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining dekani T.Jiemuratov.
  • Haqiqatdan ham, bunday hamkorliklarning samarasi bo’lgan turkiyali professor F.Yovuz joriy yilning 26-fevraldan 8-martgacha universitetning ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining talabalariga “Mintaqa iqtisodiyoti” fanidan o’z nazariy va amaliy bilimlarini o’rgatadi.