Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talaba yoshlari “Askarlar bellashganda” sport musobaqasida ikkinchi o’rinni egalladi

By | 02.02.2019

14-yanvar “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuni” minosabati bilan universitetimizda bilim olayotgan talabalar orasida “Askarlar bellashganda” sport musobaqasi bo’lib o’tti.Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan o’tkazilgan ushbu musobaqada bizning fakultetimiz ham faol qatnashdi va umumiy hisobda fahriy 2-o’rinni egalladi.Fakultetimizdan 8 nafar talaba qatnashdi.Ulardan turnikga tortinish bosqichida birinchi o’rinni,24 kilo tosh ko’tarish bosqichida bo’lsa 2-o’rinni egalladi.Qolgan bosqichlarda faol qatnashdi va umumiy hisob bo’yicha 2-o’rinni egalladi va medal,diplomlar bilan taqdirlandi.

Qizg’in bellashuvlarga boy bo’lgan ushbu musobaqada universitetimizning fakultetlari orasida:

1-o’rinni: Jismoniy tarbiya fakulteti

2-o’rinni: Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti

3-o’rinni:Ximiya-texnologiya fakulteti egalladi va ularga universitet Yoshlar ittifoqi va sport klubi tomonidan sovg’alar bilan taqdirlandi.